Dunyo mo’jizalari O’zbekistonda
Shahrisabzdagi "Lochin" bolalar oromgohi
Parijdagi Eyfel minorasi, Hindistonning Agra shahridagi Toj Mahal, Rimdagi Kolizey, Qadimgi Gretsiyaning Artemida ibodatxonasi kabi
ko’hna inshootlarning ulkan maketlari O’zbekistonda bunyod etildi. Ushbu dunyo ajoyibotlarini tomosha qilish uchun endi dunyo bo’ylab
sayohatga chiqishning hojati yo’q. Chunki ularni shu yerda, Vatanimizda tomosha qilishingiz mumkin.
O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri yaqinida Miraki posyolkasi bor. Bu yerda bolalarning "Lochin” yozgi oromgohi
joylashgan. Haykaltarosh Abdunabi Mamadiyev dunyo mo’jizasi bo’lgan mashhur obidalarning o’xshash nusxalarini xuddi shu yerda bunyod
etdi.
"Lochin” lageri tog’ bag’rida joylashgan. Bundan olti yil muqaddam go’zal tabiat qo’ynidagi oromgoh husniga yanada husn qo’shish hamda
bu yerda dam oluvchi bolajonlar uchun dunyo mo’jizalarini namoyish etish maqsadida haykaltarosh Abdunabi Mamadiyevni ajoyib bir loyiha
ustida ishlashga taklif qilishdi. Haykaltarosh bu yerda 6 yil ishlab, dunyo mo’jizalarining asliga ko’z qo’ygandek o’xshash bo’lgan ulkan
maketlarini yasadi.
Tarixiy obidalarni bunyod etishda marmar, keramika, g’isht, metal kabi qurilish materiallaridan foydalanildi. Hindistondagi Toj Mahal saroyi,
yunonlarning Artemida ibodatxonasi, Rimdagi Kolizey binosi, Parijdagi Eyfel minorasi kabi dunyo arxitekturasining mo’jizasi bo’lgan
inshootlar "Lochin” oromgohi maydonida qad ko’tardi. Ular qatorida Registon maydoni kabi milliy arxitektura namunalari ham bunyod
etilgan.
Quyida ushbu obidalarning suratlarini tomosha qilishingiz mumkin
Hindistondagi Toj Mahal obidasi
Rimdagi Kolizey binosi
Rimdagi Kolizey binosi (ichki ko'rinishi)
Qadimgi yunon Artemida ibodatxonasi
Qadimgi yunon Artemida ibodatxonasi (yon tomondan ko'rinishi)
Eyfel minorasi
Registon maydoni
Amir Temurning yozgi qarorgohi
|