"AZIKNI TANIYSIZMI????" YOHUD UMMON DEYA TARQALAYOTGAN TARONALAR KIMGA TEGISHLI????
[font= arial; line-height: 16px; ]AziKni taniysizmi?????
Bugungi kunda ko’pgina yosh ijodkorlar orasida ancha yillardan buyon ijod qilib kelayotkan AziK ko’pchilikka tanish. Ijodkor ketma ket muxlislar e’tiboriga xit taronalar chiqarishiga qaramay negadir aksariyat muxlislar honandani qo’shiqlarini sevib eshitishadiyu ammo o’zini yaxshi tanishmaydi bunga sabab nima? Bunga sabab bugungi kunda yoshlarning tilidan ham dilidan ham tushmayotgan Ummon guruhi. Yo’q siz noto’g'ri hayolga bormang Ummon guruhining bu yerda hech qanday aybi yo’q lekin hush ovoz honanda AziK ning qo’shiqlari nega doim Ummon degan nom bilan tarqaladi va buning tasirida o’z-o’zidan necha kun mijja qoqmay mehnat qilgan AziKning qo’shiqlari xit darajasiga yetadiyu ammo o’zini tanishmaydi. Xo’sh Ummon bo’lib tarqalishiga sabab nimada? bu savol ham juda ajabtovur. Honanda AziK shu kungacha Ummon guruhining salisti Zohid bilan birgalikda "O'ynagin Farishtam" "Bora-Bora" "Kuz" "Bo’ldim Ado" "Janona" hamda Kamol ft Ummon bilan birgalikda "Ey yor" deb nomlangan Xit taronalarni kuylagan ammo qolgani o’zingizga ma’lum negadur bu qo’shiqlarning ko’p qismi Ummon yoki Zohid nomi bilan tarqalgan. Shu o’rinda eslatib o’tamiz AziK o’z qo’shiqlarini so’zini ham ovoz yo’lini ham o’zi yozadi... Albatta achinarli holat mehnat qilsangu rohat ko’rmasang. Ammo taqdirning bu zarbalariyu nohaqliklaridan tushkunlikka tushmagan AziK hozirgi kunda barcha sevib eshitib kelayotkan bugungi kunning eng xit taronasi darajasiga ko’tarilgan yangi "3 KUN" deb nomlangan taronani muhlislar e’tiboriga havola etti. Ming afsus bu qo’shiq ham yana Ummon Zohid Kamol qayerdadir AziK nomi bilan tarqaldi. Shu o’rinda savol tug'iladi nega endi zamonaviy yo’nalishta biror-bir qo’shiq chiqadiyu ammo bu qo’shiq o’z egasi nomi bilan emas balki Ummon nomi bilan tarqalmoqda. Biz shuni bilolmadik. Balki muxlislar talabi Ummonga kuchli bo’lgani uchunmikin? Biz bir narsani barcha muxlislardan iltimos qilgan bo’lardik. Aziz muxlislar qanchadan-qancha yaxwi qo’shiqlar va qo’shiqchilar bor ularning ijodini ham hurmat qilish kerak ular siz aziz muhlislar uchun ijod qiladilar ammo mehnatlarining samarasi Ummon bo’lib ketavermasin yanayam aniqroq qilib aytganda ularning mehnati Uvol bo’lib ketmasin.
Zohid & AziK
Bu haqda AziKni o’zidan so’rasak hotirjamlik bilan "o’rganib qoldim, mayli baribir odamla mani ovozimi eshitvotti mani ovozim yoqvottiku shungayam hursandman" deydi kulib. Va u bizga tez kunda yana bir sho’x "SENDA" deb nomlangan taronani muhlislar e’tiboriga havola etishini ma’lum qildi. Muhlislarda savol tug'ilishi mumkin Janona qo’shig'ini AziKka tegishli bo’lsa nega Ummon guruhi to’y marosimlarda u ham mayli gastrol safarlarida katta sahnalarda ham kuylab yurishgan bu nima guruhning sho’x qo’shig'i kamligidanmi yo muxlislarni ahmoq qiliwmi?. Bu juda kulguli holat AziKning ovozini o’rniga guruh a’zolari baravariga mikrafonni og'izlari tutib turishkanini eshitganimizda hayratda qoldik. Boqibeg'am AziK bu ishni ham beparvolik bilan "bunga qarshiligim yo’g'idi do’stlarimni erishayotgan yutig'laridan hursandman bunga meni ozgina bo’lsada hissam tekkan bo’lsa bo’ldi shuni o’zi kifoya" deydi huddi hechnarsa bo’lmagandek. Vaxolanki bizga ma’lum ediki Ummon guruhining eng 1- shaxsiy sho’x qo’shig'ining nomi "Qani kel" deb nomlangan xit tarona edi va bu qo’shiqning muallifi AziK edi Qani yur taronasi AziKning qalamiga mansub.[/font]
[font= arial; line-height: 16px; ]
AziK
Ana sizga Do’stligu ana sizga Qurbonlik. Buncha mehnatu buncha xit qo’shiq bilan AziK hozirgi kunda mega yulduz bo’lishi ham mumkin edi. Lekin Zohid Shoxrux Jasur yani Ummon guruhining shunchalik darajada ko’tarilganini o’ziga hursand bo’lgan AziK do’stlari uchun uzoq vaqt qurbonlik qilib kelganini tushundik. Va bu samimiy ijodkorni sirlarini siz muxlislar e’tiboriga havola qilishni ma’qul deb topdik.
Bu bilan hech kimni hafa qilmoqchimasmiz lekin haqiqat baribir birkunmas-bir kun qaror topishi kerakku.[/font]