Valijon Shamshiyev jahon chempionatida uchinchi o'rinni oldi
[font='Arial Black'; font-size: 16px; -webkit-border-horizontal-spacing: 1px; -webkit-border-vertical-spacing: 1px;]Valijon Shamshiyev jahon chempionatida uchinchi o’rinni oldi
Valijon Shamshiyev o’zbekistonlik bir necha sportchi bilan karatening Chan Kuk Do yo’nalishi bo’yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga kelgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Sportchilarimiz Las Vegasda o’tgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, kecha kechqurun Nyu Jersi shtatiga qaytib keldilar.
O’zbekistonlik spotchilar vakili 21 yoshli Zumrad Tayziddinova 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan ayollar toifasida jahon chempionatining 2-o’rin sohibasiga aylandi. Besh kishiga qarshi jangga chiqqan
Valijon Shamshiyev esa 3-o’rinni egallagan.
"Uzbegim” Valijon Shamshiyev bilan bog’lanib, undan chempionat tafsilotlari haqida so’radi.
"Yaxshi ishtirok etdik, – dedi Valijon Shamshiyev biz bilan suhbatda. – 34 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan erkaklar toifasida jangga chiqib, 3-o’rinni egalladim”.
Chempionatda O’zbekistondan jami uch kishi ishtirok etdi. Ulardan ikki nafari – Zumrad Tayziddinova va Valijon Shamshiyev shohsupaga ko’tarilib, sharafli o’rinlarni qo’lga kiritdi.
Eslatib o’tamiz, Valijon Shamshiyev 23-iyul kuni Nyu Jersida o’zbekistonliklar uchun
"Kulganda go’zal” nomli kulgi kechasini tashkil etmoqda. Valijon Shamshiyevdan bu tadbirga
qanchalik tayyorligi haqida so’radik[/font]
[font='Arial Black'; font-size: 16px; -webkit-border-horizontal-spacing: 1px; -webkit-border-vertical-spacing: 1px;]"Kulgi kechasini zo’r o’tkazib berishga doim tayyormiz, – dedi u. – Oxirgi jangda burnimni sindirib olganimni hisobga olmaganda, sog’ligim ham joyida. Burnimni hozir bog’lab olganman.
Ozbekistonga borib davolatmoqchiman”.
Valjon Shamshiyevni g’alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz. 23-iyul kuni esa siz vatandoshlarni "Kulganda go’zal” kulgi kechasida kutamiz.[/font]